Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos Toshkentga keldi

19:49 13 Dekabr 2022 Sport
939 0

Maʼlumki, 16-20-dekabr kunlari Toshkent karate WKF boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun mazkur musobaqaning faxriy mehmonlari Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos hamda Osiyo karate federatsiyasi prezidenti, general-mayor Nasir Al Razuqi poytaxtimizga tashrif buyurishdi.

Martabali mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Rashid Talipov boshchiligidagi Oʻzbekiston karate federatsiyasi mutasaddilari kutib olishdi.

Rejaga koʻra, musobaqa boshlangunga qadar rasmiylar bilan yurtimizda karate sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish va uning ommaviyligini yanada oshirish, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik kabi mavzularda bir qator uchrashuvlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер