Bundesliga. Harri Keyn “Hoffenhaym”ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi
Kecha, 20-sentyabr kuni Germaniya Bundesligasining 4-tur bahslari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bavariya” jamoasi safarda “Hoffenhaym” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv “myunxenliklar”ning 1:4 hisobiga gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisobni 44-daqiqada Harri Keyn ochdi. Angliyalik futbolchi 48 va 77-daqiqalarda ham oʻz hisobiga gol yozib qoʻydi.
82-daqiqada mezbonlar aʼzosi Vladimir Soufal hisobni qisqartirdi. 90+9-daqiqada Serj Gnabri uchrashuvdagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 1:4.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” tahliliy portali xet-trik muallifi Harri Keynni “bahsning eng yaxshi futbolchisi” deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 9,5 ballga baholandi.
Shu tariqa “Bavariya” klubi Bundesligadagi toʻrtinchi oʻyinni ham gʻalaba bilan yakunladi. Jamoa ayni vaqtda 12 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol yetakchi boʻlib turibdi.
Maʼlumot uchun, “myunxenliklar” keyingi uchrashuvini 26-sentyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa oʻz maydonida “Verder” klubini qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring