Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shugʻullanmaydi – Prezident
Soliq idoralari xodimlari har bir mahallaga biriktirilgani bilan tushumlar keskin oshmagani qayd etildi.
Masalan, minglab korxona hisobotlarida birorta ham xodim yoʻq deb koʻrsatgan boʻlsa, yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar ishchi koʻrsatmoqda. Bu soliq idoralari yashirin iqtisodiyot bilan sust ishlayotganidan dalolatligi koʻrsatib oʻtildi.
Insofli tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi 7 kun ichida qaytarib berilishi belgilangan. Biroq, soliq rahbarlari tadbirkorlarning 487 milliard soʻmlik 2,5 mingga yaqin murojaatini oʻz vaqtida koʻrib chiqmagan.
“Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shugʻullanmaydi”, — dedi Prezident.
Ularning oʻrniga endilikda Bosh vazir oʻrinbosarlari oʻziga tegishli sohalar bilan oʻz kuchi va tizimi bilan shugʻullanishi belgilandi.
Kambagʻallik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik boʻyicha islohotlar har bir insonga yetib boradigan ish tashkil etilmoqda. Endi bu ish uslubi tuman va mahallada jinoyatchilikni jilovlash, korrupsiyani oldini olish boʻyicha ham joriy qilinadi.
“Nima uchun buni aytyapman? Chunki, jinoyatchilik jilovi mahkam boʻlgan, xavfsiz joyga investor koʻproq mablagʻ kiritadi, odamlarimizning ishonchi yanada ortadi”, — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring