Bulungʻurda daraxt pomidorlari yetishtirilmoqda

Bulungʻur tumanining Gulzor mahallasida yashovchi Sherali Xoldorov 3 yil avval tomorqasining 1 sotix maydonida issiqxona tashkil etgandi. Hozir bu yerda pomidorning noyob navlarini yetishtirmoqda. Xoʻsh, u bunday urugʻlarni qayerdan olgan?
— Harbiy xizmatni Shimoliy flotda oʻtaganman va shundan buyon har yili xizmatdosh doʻstlar bilan koʻrishib turamiz, — deydi Sh.Xoldorov. — Issiqxona qurganimni eshitgan rossiyalik doʻstim har yili noyob pomidor urugʻlarini keltirib beradi. Hozir moʻjazgina issiqxonamda pomidorning “Fantaziya”, “Zolotoy kupala”, “Ivanda Mariya”, “Chyorniy groz” kabi turlarini hamda “Banan”, “Kivi” kabi 450 xil navdagi koʻchatlarni parvarishlayapman. Bu urugʻlardan qora va binafsharang pomidor onkologik kasalliklarda yaxshi foyda beradi, yurak tomirlarini kengaytiradi, koʻz nurini ravshanlashtiradi, buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Oʻtgan yili esa Toshkentdagi ustozim Yaponiyaning Sapata kompaniyasining hali viloyatimizda yangilik boʻlgan “Adriatika F1” navini keltirib berdi.
Bundan tashqari, koʻp yillik daraxt pomidor ham oʻstiryapman. Bu navli pomidorning bir tupidan 7-8 yoshga yetganda yiliga 1,5 tonna hosil olish mumkin. Shu navdan issiqxonamda 4 tup bor.
Abdulaziz Yoʻldoshev(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring