Buxorodagi “Universal” majmuasi futzal boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

15:51 06 Mart 2024 Sport
278 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Istam Ibrohimov/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, futzal boʻyicha joriy yilda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.

Eʼtiborlisi, FIFA tasnifidagi ushbu nufuzli musobaqa mamlakatimizda birinchi marta oʻtkaziladi. Binobarin, u yurtimiz sport tarixidagi muhim voqea sanaladi.

Ushbu nufuzli turnirdagi bir necha uchrashuv Buxoro shahrida qad rostlagan “Universal” sport majmuasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Ayni damda bu yirik inshootda qurilish-bunyodkorlik yumushlari yakuniy bosqichda. Loyihaga muvofiq, toʻrt ming tomoshabinga moʻljallangan manej barpo etildi. Qator sport turlariga ixtisoslashgan seksiyalar, oʻquv-mashgʻulotlar zali, yuvinish-kiyinish, sport jihozlarini saqlash xonalari shay holatga keltirilmoqda. Sunʼiy qoplamali futbol maydoni ham qurilyapti. Yugurish yoʻlaklari, avtoturargoh va boshqa qulayliklar bu yerda sportning oʻndan ziyod turi bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradi.

“Universal” futzal boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishidan tashqari, buxoroliklar hamda shahar mehmonlari bajonidil tashrif buyuradigan inshootga aylanishi kutilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер