Buxorodagi tarixiy obyekt yaqinida oshxona yonib ketdi

Videodan kadr
Buxoro shahridagi tarixiy imoratlar yaqinida joylashgan oshxonada yongʻin chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 19-avgustga oʻtar kechasi soat 00:45 da Buxoro shahar “Zarafshon” MFY Mustaqillik koʻchasida joylashgan 2 qavatli oshxonaning 2-qavatida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 00:49 da hodisa joyiga yetib borib, soat 00:53 da yongʻinni qurshab olgan va 01:50 da toʻliq oʻchirgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin oqibatida oshxonaning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa tufayli tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring