Buxorodagi agroklasterda mahsuldorlikni oshirish maqsadida sigirlarga musiqa qoʻyib berilmoqda

16:12 11 Iyun 2024 Jamiyat
570 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro agroklaster chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlgan kishining qulogʻiga ohista taralayotgan musiqa sadosi eshitiladi. Korxona mutaxassislarining taʼkidlashicha, bu sigirlar mahsuldorligini oshirishda xizmat qiladi.

Ishonmaysizmi, XIX asrdayoq AQSH va Buyuk Britaniya fermerlari ohista taraluvchi musiqa ohangi sigirlarga xotirjamlik baxsh etib, ularning mahsuldorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashgan. Germaniyada Dortmund filarmoniyasi musiqachilari atayin 180 bosh sigir parvarish qilinayotgan fermaga kelib konsert berishgan. Bu dastur magnit tasmasiga yozib olinib, har kuni jonivorlarga qoʻyib berilgan. Natijada sigirlar mahsuldorligi sezilarli darajada oshgan. Xaridorlar sut yanada xushtaʼm boʻlganini eʼtirof etganlar.

“Buxoro agroklaster chorva”ga kelsak, faoliyatini boshlaganiga atigi uch yil boʻlgan bu goʻshada kishi eʼtiborini avvalo, tozalik tortadi. Ilm va innovatsiyaga tayanib ishlayotgan chorvadorlar gidroponika usulida yashil ozuqa yetishtirishni ham yoʻlga qoʻyishgan. Boshqacha aytganda, 1 kilogramm bugʻdoydan 7 kilogramm yashil ozuqa olinmoqda. Buxoro davlat universiteti dotsenti Mahmud Oripov chorva ozuqasini gidroponika usulida yil davomida yetishtirish mumkin, deydi. Uning 1 kilogramm yashil massasida 0,9 – 1,2 ozuqa birligi mavjud. Qiyoslashingiz mumkin: 1 kilogramm senajda atigi, 0,4 -0,6 ozuqa birligi bor.

Ishga ijodiy yondashuv “Buxoro agroklaster chorva”da har bosh sogʻin sigirdan kuniga 28 litrga yetkazib sut sogʻib olish imkonini bermoqda. Bu yerda asosan Yevropadan keltirilgan uch ming bosh zotli qoramol parvarish qilinadi. Mana, sizga natija.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер