Buxoroda tarkibida “sibutramin” boʻlgan ozdiruvchi kofelar savdosiga chek qoʻyildi
Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan ozdiruvchi kofelar savdosiga chek qoʻyildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qayd etilishicha, DXXning Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1985-yilda tugʻilgan (muqaddam sudlangan) fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 34 050 dona “KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE”, 2790 dona “SLT SLIM LUX COFFEE”, 3000 dona “HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE”, 720 dona “SLIM GREEN COFFEE”, 5280 dona “NATURE COMPLEX LK FAT BURNING”, 1000 dona “LAO SE LON”, 12 132 dona «FIT90 FAT BURNER”, 13 392 dona “REDUKSIN LAYT”, 23 292 dona “SЫNZISHOU PLUS” va boshqa turdagi dori vositalari borligi maʼlum boʻlgan.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalari tarkibida “sibutramin” moddasi mavjud boʻlib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-sonli qaroriga koʻra “sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan.
Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida ushbu dori vositalarining xorijdan olib kelinishi bilan bogʻliq vaziyatga oydinlik kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring