Buxoroda soliq inspektori pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi

Buxoro viloyatida asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish evaziga pora talab qilgan soliq inspektori qoʻlga tushdi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ tomonidan 2024-yil noyabr dekabr hamda 2025-yil yanvar fevral oylari uchun jamiyatni aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganligi uchun MCHJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar boʻlimi tomonidan ijro ishi qoʻzgʻatiladi.
Oʻz navbatida, jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudi tomonidan mazkur MCHJga nisbatan qoʻllanilgan jazoni bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi shoʻba bosh inspektori sud qaroriga asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablagʻini olgan vaqtida qoʻlga olinadi.
Hozirda pora talab qilgan soliq inspeksiyasi shoʻba bosh inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring