Buxoroda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi 6 yarim mingdan ziyod oilaga yordam koʻrsatdi
Foto: Халқ сўзи
Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Talisobun” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Fazilat Xalloqova hayotning ancha-muncha qiyinchiliklari ortidan salomatligini yoʻqotdi. Ikkinchi guruh nogironi boʻlib qolgan bu ayolning suyanchigʻi — bir qizi bor. Bor umidi undan.
Eshik “tiq” etsa, yaxshi kunlar umidi bilan yashayotgan Fazilatning yuragi hapriqib ketadi. Uyga turmush oʻrtogʻi kirib kelayotgandek tuyuladi. Ammo hayot beshafqat.Umidlarning hammasi ham ushalavermaydi. Turmush oʻrtogʻi bundan 14 yilcha muqaddam ishlagani xorijga ketgandi. Shundan buyon undan dom-darak yoʻq.
Yaqinda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat boʻlimi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi faollari Fazilat Xalloqovaning xonadoniga sovgʻa-salomlar bilan tashrif buyurib, mushtipar ayolning holidan xabar olishdi.
— Gap sovgʻada emas, albatta, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi masʼul xodimi Farhod Durbayev. — Baʼzan bir ogʻiz shirin soʻz, ozgina eʼtibor ham oʻksik koʻngilga malham boʻladi Bilasizmi, oramizda chinakamiga yordamga, koʻmakka muhtoj, ammo birovga ogʻirligi tushishini istamaydigan kishilar koʻp uchraydi.Biz ana shunday insonlar tashvishini yengil qilishga, ularning ertangi kunga boʻlgan ishonchlarini mustahkamlashga intilamiz.
Darhaqiqat, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning huquqlari, ijtimoiy himoyasi va ular uchun imkoniyatlar tengligini taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalla” ijrosi doirasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat boʻlimi hamda tuman va shahar boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisob raqamiga joriy yilning dastlabki choragida 2 milliard 813 million soʻmdan ziyod xayriya mablagʻlari kelib tushdi. Bu mablagʻlar ehtiyojmand oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash uchun maqsadli hamda manzilli sarflanmoqda. Jumladan, xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi qaroriga binoan 6 ming 517 ta oilaga 2 milliard 795 million soʻmlik yordamlar koʻrsatildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring