Buxoroda “Matiz” kanalga tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyatida “Matiz” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 10-oktyabr kuni soat 21:30 larda Gʻijduvon tumanida sodir boʻlgan. “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tumanning Baqqollar mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Qalqonrud kanaliga tushib ketgan.
Hodisa yuzasidan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 112 tizimi orqali xabar kelib tushgacha, manzilga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan.
Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring