Buxoroda baydarka va kanoeda eshkak eshish sport majmuasi foydalanishga topshirildi

22:22 30 Dekabr 2021 Jamiyat
1113 0

Foto: "Xalq so'zi"

Buxoro shahrida sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar maktabiga qarashli  baydarka va kanoeda eshkak eshish  majmuasi foydalanishga topshirildi.

 — Viloyatimizda ushbu sport turi bilan shugʻullanish istagida boʻlgan oʻgʻil-qizlar juda koʻp, — deydi mazkur sport maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Suhrob Qilichev. — Zamonaviy suv havzasining barpo etilgani ular uchun ayni muddao boʻldi. 800X90 oʻlchamli bu havzada toʻlaqonli mashgʻulotlar oʻtkazish, olimpiada sport turiga kiruvchi baydarka va kanoe bilan muntazam shugʻullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ayni damda 80 nafar yosh sportchi shu sport turi bilan mashgʻul. Maktabimizda eshkak eshish boʻyicha paraolimpiya boʻlimi ham ochildi. Samarqanddan taklif etilgan uch nafar sport ustasi oʻgʻil-qizlar bilan mashgʻulotlar oʻtkazmoqda.

Ushbu zamonaviy sport majmuasi 4 milliard 800 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo etildi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер