Buxoroda 545 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” oʻgʻirlandi

Buxoro shahrida 545 million soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangan korxona faoliyati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Buxoro shahrida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd jarayonida navbatdagi qonunbuzilish holati fosh qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, shaharning Gʻijduvon koʻchasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi binodagi gaz hisoblash uskunasini oʻzboshimchalik bilan yechib olingan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 545 million 970 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Hozirda ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring