Buxoroda 51 yoshli ayol oʻzini 8-qavatdan tashlamoqchi boʻldi

12:21 03 May 2021 Jamiyat
1184 0

Joriy yilning 3-may kuni taxminan soat 10:00 larda Buxoro shahar F.Xoʻjayev mahallasida yashovchi, 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar taʼsirida, ruhiyatida oʻzgarishlar kelib chiqqan.

Ayol shu sababli Buxoro shahar Ibrohim Moʻminov koʻchasida joylashgan 8 (sakkiz) qavatli qurilishi tugallanmagan binonining 8-qavatidan oʻzini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi boʻlgan. 

Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar boʻlimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika katta inspektori katta leytenant Mirzayev Izzat Choriyevich u bilan tushuntirish-muzokara ishlarini olib borib, oʻz vaqtida koʻrgan kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlar natijasida ushbu noxush yakun topishi mumkin boʻlgan holatning oldi olinib, ayolning hayoti qutqarib qolindi.

Hozirda ushbu ayolga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim hamda psixologlar guruhi psixolog xodimlari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari tomonidan tibbiy-psixologik yordam koʻrsatilib, voqea sabablari oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?