Buxoroda 42 ta oilaviy mehmon uyi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

10:57 08 Aprel 2025 Jamiyat
125 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro shahridagi Imom Buxoriy mahallasida istiqomat qiluvchi Gulmira Quvvatova xonadoni darvozasi peshtoqiga “Diyora” mehmon uyi yozuvi tushirilganini koʻrish mumkin. Sayyohlik mavsumi qizgʻin pallaga kirayotgan shu kunlarda bu goʻsha yanada gavjumlashdi.

— Sayyohlar qadimiy shahrimizni tomosha qilgani kelishar ekan, odatda, milliy urf-odatlarimiz, turmush tarzimiz bilan ham qiziqishadi, — deydi G. Quvvatova. — Mezbonlar bilan yonma-yon yashash ularning yurtimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi. Shuni nazarda tutib, qolaversa, davlatimizning turizm xizmatlari sohasida yaratib bergan imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida oilaviy mehmon uyi ochish fikriga kelganmiz. Loyihamiz qoʻllab-quvvatlandi. Moliyaviy muassasa tomonidan 100 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Shu mablagʻ evaziga xonalarni milliy va zamonaviy usulda jihozlab, mehmonlar uchun barcha qulayliklarni yaratdik. Bir paytning oʻzida 15 nafar sayyohni qabul qilish imkoniga egamiz.

Shu kichik bir tashabbus ortidan nafaqat oila aʼzolarining, balki yana uch kishining ham bandligi taʼminlandi. Muhimi, uzoq-yaqindan kelayotgan mehmonlarga risoladagidek xizmat koʻrsatilmoqda.

Viloyat turizm boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga qaraganda, Buxoroda birgina 2024-yilda 74 ta joylashtirish vositasi, yaʼni 17 ta mehmonxona, 15 ta xostel, shuningdek, “Diyora”ga oʻxshash 42 ta oilaviy mehmon uyi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер