Buxoro viloyatiga yangi soliqboshi tayinlandi

12:28 19 Avgust 2021 Iqtisodiyot
1208 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Mamatxanov Maqsud Maxmudovich Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Maqsud Mamatxanov 1987-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2009-yilda Fargʻona davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2009-yilda Fargʻona viloyati Margʻilon shahar davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi boʻlimi inspektori sifatida boshlagan.

M.Mamatxanov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?