Buxoro shahri jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

19:08 12 May 2022 Sport
535 0

Foto: Халқ сўзи

Koʻhna Buxoro shahri qoʻl jangi sport turi boʻyicha yoshlar va oʻsmirlar (qizlar) oʻrtasida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda, tabiiyki, Oʻzbekiston terma jamoasi ham kuch va mahoratini sinovdan oʻtkazadi.

Oʻz uyingda devorlar ham qoʻllaydi, deganlaridek, terma jamoamizning muvaffaqiyatli ishtirokidan barcha umidvor. 55 nafar oʻgʻil va 25 nafar qizdan tarkib topgan bosh jamoamiz ayni paytda Buxoro shahridagi “Amir Temur” klubi zalida tayyorgarlikni qiyomiga yetkazyapti.

Jahon chempionatiga kelsak, 19-23-may kunlari oʻtadigan bu nufuzli musobaqada dunyoning yigirmadan ziyod davlatidan 400 nafardan ziyod qoʻl jangi sporti ustalarining qatnashishi kutilmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер