Bugungi kunga qadar tijorat banklariga kiritilgan 790 milliard soʻmlik talabnomadan atigi 53 foizi moliyalashtirilgan xolos — Prezident
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident suv tanqisligining oqibatlarini yumshatish boʻyicha bir hafta muddatda alohida dastur qabul qilinishini maʼlum qildi.
Suv xoʻjaligi vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 1-oktyabrga qadar:
— 4,5 ming kilometr sugʻorish tarmoqlarini tozalash va 231 kilometrini betonlash;
— 3 mingta gidrotexnik inshootni taʼmirlash;
— 3,5 mingta nasos oʻrnatish, 490 kilometr nasos quvurlarini taʼmirlash va 281 ta quduq qazishni taʼminlash topshirildi.
Ushbu maqsadlar uchun 300 milliard soʻm mablagʻ bosqichma-bosqich ajratiladi.
«Oʻtgan yili dekabr oyida 2022-yil uchun tijorat banklariga 2 trillion soʻm imtiyozli kredit resurslari berilgan edi.
Biroq, bugungi kunga qadar tijorat banklariga kiritilgan 790 milliard soʻmlik talabnomadan atigi 53 foizi, ayrim hududlarda esa 25-30 foizi moliyalashtirilgan xolos», dedi Prezident.
Shuning uchun mahsulot yetishtirishni moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha yangi tizim joriy etiladi.
Bunda mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan yillik 10 foiz stavkada Bogʻdorchilik agentligiga bir yilga beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring