Bugungi kunda Oʻzbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda

Foto: Arxiv surat
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori oʻrinbosari Gulifor Normuratova tizimda 2022-yilda olib borilgan ishlar hamda joriy yilda rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi:
Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligi bilan bugungi kunda Respublikamizda 45 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda. Bu kasallik tuzalmas dard boʻlib, shu infeksiyaga chalingan bemorlar umrining oxirigacha virusga qarshi dori preparatlarini qabul qilib yurishlari zarur.
2018-yilda tasdiqlangan 3493 va 3800-sonli Prezident qarorlarining ijrosi natijasida 63 ta tumanlararo OIV diagnostik laboratoriyalar OITSga qarshi kurashish markazlari tasarrufiga oʻtkazilib, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlandi, har bir viloyat yuqumli kasalliklari negizida 5 tadan 40 tagacha OIV bemorlarga xizmat koʻrsatadigan oʻrinlar tashkil etildi. Bemorlarga qulayliklar yaratish maqsadida 260 ta yuqumli kasallik xonalari mutaxassislari qayta oʻqitilib, tayyorlandi va OITSga chalingan bemorlarni davolash ishlariga jalb etildi. OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortdi. Hukumatimiz tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80%ni tashkil etib, Xalqaro tashkilotlar tomonidan 20% holatlarda dorilarni Respublikamizga olib kirilishi hamda kasallik aniqlanishi bilanoq, barcha bemorlarga dori vositalarini berib borish yoʻlga qoʻyildi.
Onadan bolaga OIV infeksiyasini yuqishini oldini olish maqsadida har yiliga 600 nafar onalari shu kasallikka chalingan bolalarga quruq sut mahsulotlari olib berilmoqda.
18 yoshgacha boʻlgan OIV infeksiyasiga chalingan bolalarga ijtimoiy nafaqalar berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, “Inson qadri uchun” deb nomlangan 2022-yilning 18-mart kuni sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 20-yanvarida “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-14-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi olgʻa surilgan boʻlib, uning doirasida OIV infeksiyali shaxslarning 95 foizi oʻz maqomini bilishlari, 95 foizi maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishlari hamda 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishish maqsadi belgilangan.
Ushbu maqsadga erishishni oʻz ichiga olgan, joriy yilning 20-yanvarida qabul qilingan «Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi»ni amalga oshirish maqsadida 120 mlrd soʻm va 54 mln dollar yoʻnaltiriladi.
Mazkur dastur doirasida:
a) OIV infeksiyasini erta aniqlash, tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida:
har yili kamida 3 mln aholi tekshiruvlar bilan qamrab olinadi va buning uchun 11,4 mln dona diagnostik test-tizimlari hamda 587 mingta diagnostik vositalar, 50 ming nafar aholini maxsus davolash kurslari bilan qamrab olish uchun 22 turdagi retrovirusga qarshi dori vositalari xarid qilish;
OIV infeksiyasini onadan bolaga yuqishiga barham berish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tugʻilajak 2 ming nafardan ortiq 6 oygacha boʻlgan bolalarni quruq sut aralashmalari bilan taʼminlash;
b) sogʻliqni saqlash tizimi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda OIV infeksiyasi yuqishi ehtimoli yuqori guruhlar orasida profilaktik tadbirlar hamda aholi orasida keng targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borish;
v) 2023-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, yil yakuniga qadar esa boshqa hududlarda FHDYO organlari va tibbiyot muassasalari oʻrtasida nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi boʻyicha majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha elektron maʼlumot almashinuv tizimini joriy etish;
g) 2023-yil yakuniga qadar OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida dori va diagnostik vositalarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish;
d) Respublika OITSga qarshi kurash markazi laboratoriyasini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalarini xalqaro miqyosida tan olinishiga erishish;
ye) hududiy OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish,
j) mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida kamida 50 nafar tibbiyot xodimlarini xorijga malaka oshirishga yuborish, OIV infeksiyasi boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi
- Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti: Sian mehmonlarni kutib olishga tayyor
- 1-iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
- Prezident boks finalini tomosha qildi – Fotoreportaj
- Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
- Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring