Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – oʻqitish metodikasining mutlaqo eskirganligi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Yigʻilishda respublika boʻyicha 1 ming 526 ta maktab bolalar tarbiyasi, davomat, maʼnaviy muhit boʻyicha “qizil” toifaga kiritilganligi taʼkidlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ayniqsa, Toshkent shahridagi 69 ta maktab, Surxondaryoda 169 ta va Qoraqalpogʻistonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Fargʻonada 162 ta, Toshkent viloyatidagi 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topilgan.
«Bu tuman va shahar hokimlari maktab masalalari ichiga umuman kirmaganligidan dalolat. Yanvarda oʻtgan selektordan keyin ham ular oʻziga xulosa qilmagan.
Ushbu viloyat, tuman va shahar hokimlarini oxirgi marta ogohlantiraman. Agar uch oyda oʻzgarish boʻlmasa, jiddiy chora koʻriladi.
Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – oʻqitish metodikasining mutlaqo eskirganligi. Afsuski, maktab taʼlimi eski qolipdan chiqa olmayapti», dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring