Bugungi gapi ertaga toʻgʻri kelmaydigan “Milliy tiklanish”ning “soʻzamol” nomzodi har doimgidek oson, yengil yoʻl qidirayotganga oʻxshaydi — Maqsuda Vorisova
XDP partiyasidan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova saylovdagi raqibi Alisher Qodirov toʻgʻrisida fikrlar bildirdi.
“Bugungi gapi ertaga toʻgʻri kelmaydigan «Milliy tiklanish”ning “soʻzamol” nomzodi har doimgidek oson, yengil yoʻl qidirayotganga oʻxshaydi. Gʻoyaviy-mafkuraviy kurashning uddasidan chiqa olmagani uchun boshqa partiyalarning nomzodlariga, ularning shaxsiyatiga tashlanib koʻrdi.
Bahsli chiqishlardan keyin “Milliy tiklanish” nomzodining reytingi pastga shoʻngʻib boryapti. Oʻzbekiston siyosiy sahnasida birinchi boʻlib paydo boʻlgan tajribali partiyamizga eski davrni qoʻmsash aybini qoʻyishga uringanlar niyatiga erisholmay, endi “Adolat” SDPning siyosat maydonida tajribasizroq rahbari, partiya nomzodini debatga, yaʼni bahs-munozaraga chorlabdi. Bu maqtaniladigan xususiyat emas», deydi Vorisova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring