Bugundan yurtimiz boʻylab “Paralimpiya haftaligi” boshlandi

16:28 01 Dekabr 2023 Sport
179 0

Xabar berganimizdek, 1-7-dekabr kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida Paralimpiya harakatini rivojlantirishga qaratilgan “Paralimpiya haftaligi” oʻtkaziladi.

Haftalik doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzi boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkaziladi.

Shuningdek, Respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi sport taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar, shu jumladan, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya sogʻlomlashtirish va sport musobaqalari tashkil etiladi. Taʼlim muassasalarida va mehnat jamoalarida Paralimpiya harakatining “Matonat maktabi” targʻibot tadbirlari va davra suhbatlari tashkillashtiriladi.
Paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlar uchun turli trening-seminarlar, amaliy mashgʻulotlar koʻrgazmasi boʻyicha “Mahorat darslari” namoyish etiladi.

14 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida mahallalardagi jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi. Natijada, iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni parasport turlariga yoʻnaltirish va shu orqali sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini yanada kengaytirish vazifalari amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер