Bugundan “Biz boʻlmasak kim?” xeshtegi ostidagi chelenjga start berildi

13:22 17 Oktyabr 2021 Jamiyat
660 0

Bugun Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xollda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan “Saylov yoshlar nigohida” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Prezident saylovida yoshlarning ishtiroki va saylov qonunchiligi yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi. Xususan, Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, fuqarolarning saylovdagi huquq va erkinliklari haqida tushuntirishlar berildi.

Taʼkidlanganidek, hozirga qadar Yoshlar parlamenti yoshlarning, xususan, ilk saylovchilarning saylovlarda ishtirok etishi va ularning saylov haqidagi bilimlarini mustahkamlashga oid respublika boʻylab 124 ta davra suhbati, targʻibot ishlari olib borilganliklari alohida qayd etildi. Bundan tashqari, Yoshlar parlamentining ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan “Parlament muxlisi” loyihasining soʻngi 4 ta soni aynan saylov jarayonlariga, siyosiy partiyalar faoliyatiga bagʻishlangan.

Shu bilan birga, Yoshlar parlamenti aʼzolari bugundan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda “Biz boʻlmasak kim?” xeshtegi ostidagi chelenjga start bermoqda. Mazkur chelenj ham yoshlarni saylash huquqidan keng foydalanishga, oʻzining kelajagini oʻzi tanlashga qaratilgan chaqiriq hisoblanadi.

Uchrashuv interaktiv, yoshlarbop usulda savol-javob tarzda tashkil etildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari hamda Yoshlar parlamentining faoliyati yuzasidan maʼlumot berildi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер