Bugundan 1-sinfga onlayn qabul boshlandi
Foto: Kitob tumani hokimligi
2025-2026 oʻquv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun, 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi xabar berdi.
Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar boʻlsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegramʼdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.
Qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);
2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).
Qayd etish joiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring