Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning boshlangan ish haftasi har doimgidek muhim voqealarga boy boʻlishi kutilmoqda.
Bugun davlatimiz rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazadi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimiz AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston tarixiy tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini qabul qilmoqda. Prezidentimiz Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida oʻtkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Bundan tashqari, joriy haftada mamlakatimizga Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring