Bugun Pekin — 2022 qishki Olimpiya oʻyinlari rasman start oladi

16:56 04 Fevral 2022 Sport
1559 0

Xitoy poytaxti Pekin shahrida dunyo ahli 4 yil orziqib kutgan navbatdagi qishki Olimpiada oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanishiga ham sanoqli daqiqalar qoldi.

“Qush uyasi” nomini olgan mashhur Milliy stadionda oʻtkaziladigan tantana butun dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Marosim Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari unga katta tayyorgarlik olib borgani, musobaqalar tarixidagi eng yorqin marosim boʻlishini vaʼda qilishmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu marosimni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bevosita stadiondan kuzatib boradi. Mamlakatlar paradida sportchimiz Komiljon Toʻxtayev boshchiligidagi delegatsiyamiz koʻrinish beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?