Bugun Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioniga qarshi dona suradi
Maʼlumki, Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha anʼanaviy “Tata Steel Chess 2025” musobaqasi oʻtkazilmoqda.
Bugun, 24-yanvar kuni musobaqaning 6-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi.
Nufuzli turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, “Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov, “Chellangers” guruhida esa Nodirbek Yakubboyev sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib borishmoqda.
Beshinchi turdan soʻng Abdusattorov 3 gʻalaba va 2 durang bilan 4 ochko jamgʻargan holda qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra peshqadam boʻlib turibdi.
“Chellangers” guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev esa 2,5 ochko bilan 8-pogʻonada band qilgan.
Nodirbek Abdusattorov 6 tur doirasida bugungi kundagi asosiy raqiblaridan biri — amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan oq donalarda bahs olib boradi.
Bugungi bahs oldidan Abdusattorov hisobida 4, Gukeshda esa 3,5 ochko bor. Jahon chempioni qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra kuchli uchlikka yakun yasagan.
Hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev 6-tur doirasida germaniyalik Frederik Svenga qarshi oq donalarda bahs olib boradi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Hindistonlik 18 yoshli Gukesh Dommaradju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni hisoblanadi. U 2024-yilning 12-dekabr kuni jahon chempionligi uchun kurashda amaldagi champion Din Lirenni qora donalarda magʻlub qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring