Bugun Mixail Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumati isteʼfoga chiqadi
Bugun (7-may) Vladimir Putinning inauguratsiyasi boʻlib oʻtadi. Shundan soʻng bosh vazir Mixail Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumati isteʼfosi eʼlon qilinadi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” gazetasi xabar beradi.
Yangi hukumat 2020-yilda Rossiya konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar asosida shakllantiriladi. Yangi qoidalarga muvofiq, prezident bosh vazirni uning nomzodi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng tayinlaydi.
Agar taklif etilgan nomzod Duma tomonidan uch marta qaytarilsa, prezident qonun chiqaruvchi organni tarqatib yuborib, yangi saylovlar oʻtkazilishini belgilaydi, bosh vazirni esa oʻzi tayinlaydi.
Mixail Vladimirovich Mishustin — rossiyalik siyosatchi va iqtisodchi, 2020-yil 16-yanvardan beri Rossiya bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring