Bugʻdoyning haqiqiy egasi bu – fermer va klasterlar — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident huzurida gʻallachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda gʻalla qabul qilish punktlari sonini kamaytirish va keyingi yildan boshlab ularni xususiylashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
«Hokimlar bir narsani aniq tushunib olishlari zarur. Bugʻdoyning haqiqiy egasi bu – fermer va klasterlar.
Shuning uchun, bundan buyon tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar gʻallasini olib qoʻyish qatʼiyan taqiqlanadi.
Bundan tashqari, birja orqali sotilgan bugʻdoyga hududlararo cheklov qoʻyilmaydi. Marhamat, qaysi hududdagi korxona birjada yutib olsa, hech qanday toʻsiqlarsiz gʻallani olib ketishi mumkin», dedi Prezident.
Bosh prokuror, viloyat, tuman va shahar prokurorlari bu masalani shaxsan nazoratiga olib, fermerni norozi qilgan rahbarlarga qatʼiy choralar koʻrib borishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring