Budapesht – 2024: Shaxmat Olimpiadasidagi bugungi raqibimiz Misr. Raqiblar haqida nimalarni bilishimiz kerak

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oldi. Musobaqaning 2-turida erkaklar terma jamoamiz Misr terma jamoasiga qarshi dona suradi.
Qayd etish kerakki, Misr jamoasi birinchi turda Gana jamoasini 3,5:0,5 hisobida taslim etdi. Qayd etish kerakki, Afrika qitʼasi jamoalari ichida eng “chaqilmas yongʻoq”lardan hisoblanadi.
Musobaqaning 1-turida erkaklar terma jamoamiz Trinidad va Tobagoni 3,5:0,5 hisobida gʻalaba qozongan edik. Tan olish kerakki, birinchi turda jamoamiz oʻzidan kuchsiz jamoa bilan jangda qiyinchilikka duch keldi.
Aytish kerakki, okeanorti mamlakatidan kelgan sportchilardan biri, Kuinn Kabralis, Nodirbek Yakubboyevni qiynab qoʻydi. Boshqa doskalarda esa yigitlarimiz oʻz darajalarini koʻrsata oldi. Ikkinchi turda Yakubboyev zahirada qolishi ham mumkin. Misrga qarshi jamoamiz tarkibi quyidagicha boʻlishi kutilmoqda:
Birinchi doska: Nodirbek Abdusattorov
Ikkinchi doska: Javohir Sindorov
Uchinchi doska: Shamsiddin Vohidov
Toʻrtinchi doska: Jahongir Vahidov
Misr haqida nimalarni bilamiz? Afrikaliklar turnirga 48-oʻrinda saralangan. Bitta groysmeysteri bor va u katta ehtimol bilan Abdusattorovga qarshi dona sursa kerak. Adxam Fauzining FIDE reytingi 2507. Shuningdek, Kareym Vageyx, Xamed Vafa va Samex Sadek ham kuchli shaxmatchilar hisoblanadi.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, Oʻzbekistonning asosiy raqiblari ochko yoʻqotmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring