Bu yilgi Toshkent xalqaro kinofestivali SHHT sammiti doirasida oʻtkaziladi
“Oʻzbekfilm” kinokonsernida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida 12-17-sentyabr kunlari oʻtkaziladigan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik rahbariyati, tizim tashkilotlari, mutaxassislar hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivalining joriy yilgi tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali bu yil Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammiti doirasida oʻtkaziladi. Yigʻilishda shuningdek, kinofestivalni yuqori saviyada oʻtkazish, shuningdek, festival doirasidagi tanlovlar, filmlar koʻrigi, xorijlik mutaxassis va ijodkorlarni taklif etish, lokatsiyalar, jarayonlarni yoritish masalalari, texnik taʼminot, ijodiy hamkorliklar kabi masalalar muhokama qilindi.
Bu yilgi kinofestival doirasida “Xorij kino kunlari”, talabalar uchun “Kino 5 kunda” kinoloyihalari pitching taqdimotlari, shou konsertlar, eksklyuziv kino dasturlar, mahorat darslari, davra suhbatlari, fleshmob va kutilmagan tomoshalar boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring