Bu yilgi parlament saylovlarining eng muhim jihatlari nimalarda edi? Shavkat Mirziyoyev oʻz fikrlarini bildirdi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bu yilgi parlament saylovlarining eng muhim jihatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Avvalo, ular yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq oʻtkazilgan ilk saylov sifatida tarixga kirdi. Huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan, masʼuliyati bir necha karra ortgan yangi xalq vakilligi tizimi shakllantirildi.
Bundan tashqari, oʻtgan sakkiz yillik davrda xalqimizning siyosiy tafakkuri tubdan oʻzgardi, siyosiy madaniyati sezilarli darajada yuksaldi. Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi roli va ishtiroki kuchaydi.
Bularning barchasi aralash saylov tizimini joriy etishga mustahkam zamin yaratdi. Koʻplab davlatlarda bunday islohotlarni oʻtkazish uchun oʻn yillar kerak boʻlgan. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston aralash saylov tizimini qisqa fursatda, dadil joriy etishga erishgan kam sonli mamlakatlardan biri, deyishga munosibdir.
Yangi tizim har bir saylovchining ovozi Qonunchilik palatasidagi deputatlik oʻrni uchun muhim ekanini, bu borada adolat tamoyili yanada kuchayganini ham koʻrsatdi.
Saylovlar toʻliq ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik muhitida oʻtgani, qoʻllangan zamonaviy texnologiyalar ham bu jarayonda muhim rol oʻynagani taʼkidlandi.
Jumladan, saylovning barcha bosqichlari toʻliq raqamlashtirilib, “E-saylov” axborot tizimi joriy qilindi. Ovoz berish jarayonlarini onlayn kuzatish imkoni yaratildi, ilk bor elektron ovoz berish sinovdan oʻtkazildi.
Saylovlarni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kabi 13 ta nufuzli xalqaro tashkilot, 40 dan ziyod davlatdan 850 nafar xorijiy va 65 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining mingdan ortiq vakillari kuzatib bordi.
Prezidentimiz ularga saylov jarayonlari haqidagi xolis fikrlari va tavsiyalari uchun oʻz nomidan, butun xalqimiz nomidan tashakkur izhor etdi. Ushbu tavsiyalarning har biri chuqur oʻrganilib, amaliyotga tatbiq etish choralari koʻrilishi taʼkidlandi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring