Bronxial astma kasalligi bor bemorlar vaksina olishi kerakmi?

12:59 10 May 2021 Jamiyat
1090 0

Bronxial astma kasalligi mavjud bemorlar vaksina olishlari kerakmi? AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva mazkur savolga javob berdi.

Qayd etilishicha, bronxial astamasi bor bemorlar koronavirusga chalinmasliklari yoki kasallik yengil kechuvda oʻtishi toʻgʻrisida olimlar tomonidan maʼlumotlar mavjud, amaliyotda ham bu kuzatilmoqda. 

«Lekin, bu bemorlar kasallikni baʼzi bosqichlarida, tabletka koʻrinishida glyukokortikosteroidlar qabul qilishlari kerak boʻlgan davrlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishlari ogʻir darajada oʻtishini keltirib chiqarishi mumkinligini ham bilamiz.

Shu bois, bunday bemorlarni kasallikni ogʻir holatlaridan himoya qilish maqsadida, ular ham oʻz vaqtida emlash oʻtkazganlari maqsadga muvofiq.

Emlashdan oldin, bu bemorlarda kuzatiladigan allergik statusni toʻliq oʻrganib chiqish va ular kasallikni tinch davrida emlanishlari kerak.

Allergik statusda, asosan vaksinani tarkibidagi vositalarga nisbatan allergiyasi bor yoki yoʻqligini bilishi juda muhim hisoblanadi. Bu, oʻz oʻrnida anafilaktik reaksiya kelib chiqishini oldini oladi», deydi Sevara Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?