Bojxona xodimi – Oʻzbekiston chempioni!
Davlat bojxona xizmati organlarida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportni ommalashtirish boʻyicha olib borilayotgan keng miqyosdagi chora-tadbirlar oʻz samarasini bermoqda.
2022-yil 24 — 27-noyabr kunlari Toshkent shahrida taekvondo ITF boʻyicha yoshlar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi.
“Yunusobod” sport majmuasida boʻlib oʻtgan shiddatli musobaqalarda 3 ming nafardan ziyod sportchilar taekvondo ITFning shaxsiy massogi, jamoaviy massogi va shaxsiy tul, seldefens yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bahslashishdi.
Yakunda esa Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirgʻali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti inspektori, bojxona xizmati kapitani Sardor Akbarov 92 kg. vaznda oʻtkazilgan bahslarda faxrli 1-oʻrinni egallab, musobaqa shohsupasiga koʻtarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring