BoxingScene: Krouford WBC chempionlik kamaridan hamda boks boʻyicha mutlaq jahon chempioni unvonidan mahrum qilindi
Amerikalik bokschi Terens Krouford ikkinchi oʻrta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvonidan mahrum etildi, deb xabar berdi “BoxingScene”.
Taʼkidlanishicha, Jahon boks kengashi (WBC) Krouforddan oʻz kamarini olib qoʻygan. Sabab — bokschi oxirgi ikki jang boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan badallarni toʻlamagan.
WBC prezidenti Maurisio Suleymanning soʻzlariga koʻra, Krouford sentyabr oyida meksikalik Saul Alvares ustidan qozongan gʻalabadan soʻng tashkilotga toʻlashi kerak boʻlgan 300 ming dollar (uning 50 million dollarlik gonorarining 0,6%) miqdoridagi badalni toʻlamagan.
Shuningdek, u 2024-yil avgustida oʻzbekistonlik Isroil Madrimov ustidan qozongan gʻalabasi uchun ham WBCga toʻlanishi lozim boʻlgan ulushni bermagan.
Endilikda boʻsh qolgan WBC kamari uchun britaniyalik Xamza Shiraz va fransiyalik Kristian Mbilli ringga chiqadi.
Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida Terens Krouford hakamlar bir ovozdan bergan qaror bilan Saul Alvaresni magʻlub etib, ikkinchi oʻrta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Shu tariqa u oʻz faoliyatida uchinchi vazn toifasida mutlaq chempion maqomiga erishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring