Botkenda “Oltin kuz” Qirgʻiziston-Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi

19:17 16 Noyabr 2023 Madaniyat
221 0

Botken shahrida “Oltin kuz” Qirgʻiziston–Oʻzbekiston qoʻshma qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Yarmarkaning ochilish marosimida Qirgʻiziston Prezidentining Botken viloyatidagi vakili oʻrinbosari Timur Madyarov, Botken tumani hokimi Uchqunbek Joroboyev, Botken shahri hokimi Imomnazar Burkanov, Fargʻona viloyati Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov, Soʻx tumani hokimi oʻrinbosari Muslimbek Mavlonbekov, shuningdek, ushbu hududlar aholisi, fermer va tadbirkorlari ishtirok etdi.

Tadbir Rishton va Soʻx tumanlari, shuningdek, Botken shahri va Botken tumani hokimliklari tomonidan ikki mamlakat fermerlarini qoʻllab-quvvatlash va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fermerlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari namoyish etildi.

Qirgʻiziston Prezidentining Botken viloyatidagi vakili oʻrinbosari Timur Madyarov koʻrgazmaning ochilish marosimidagi nutqida ushbu yarmarka Botken va Fargʻona viloyatlari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun foydali platforma boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?