Boʻston tumani hokimining ikki oʻrinbosari pora bilan ushlandi

21:35 08 Sentyabr 2025 Jamiyat
114 0

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyati Boʻston tumani hokimining ikki nafar oʻrinbosari pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, investitsiyalar hamda qishloq xoʻjaligi masalalariga masʼul oʻrinbosarlar oʻzaro til biriktirib, tumanda faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta operatsiyalar orqali yopib berish evaziga 65 mln soʻm pora talab qilgan.

Avgust oyida qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosar avans tariqasida 25 mln soʻm olgan. U qolgan 40 mln soʻmni hokimning investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari orqali qabul qilish jarayonida qoʻlga tushgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “v, g” bandlari (bir guruh mansabdor shaxslarning oldindan til biriktirgan holda pora olishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ular qamoqqa olingan.

Qayd etilishicha, 2024-yil iyul oyida ham Boʻston tumani hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 10 ming dollar pora bilan ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер