Bosh vazirga 20 ta tuman hokimlariga chora koʻrish topshirildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Bosh vazirga ishga shunday yondashgan 20 ta — Yashnobod, Buxoro, Gʻijduvon, Koson, Xatirchi, Qumqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Guliston, Yakkabogʻ, Andijon, Parkent, Toshkent, Nurobod, Uchtepa, Chortoq, Davlatobod, Oltinkoʻl, Qiziriq, Kogon tumanlari hokimlariga nisbatan oʻrnatilgan tartibda chora koʻrish topshirildi.
Mahallalarga yaxshi loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun bankirlar biriktirilgan. Lekin, ayrim tuman bankirlari davlatning arzon resursini samarasiz loyihalarga berib yuborayotgani tanqid qilindi.
Mutasaddilarga mahallalarga tushib, loyihalar samaradorligini oʻrganish, sohada nazorat va intizomni kuchaytirish topshirildi.
Umuman, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik rejalarini bajarishdagi masʼuliyatsizlik uchun yil boshidan 261 nafar masʼul ishdan olingani, yana 492 nafariga intizomiy jazo berilgani maʼlum qilindi.
“Ehtiyojmand oilalarning eng ogʻir qatlami qoldi. Bunday 400 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish uchun viloyat, tuman hokimining birinchi oʻrinbosarlari, bandlik, bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” oʻzini dunyoqarashi va ish uslubini oʻzgartirishi kerak”, dedi davlatimiz rahbari.
Kelgusi yilda kambagʻallik va ishsizlik darajasini 4,5 foizdan kamaytirish mutasaddilarning asosiy vazifasi boʻlishi qayd etildi.
Keyingi yilda iqtisodiyotga 450 trillion soʻm kredit ajratilishi, 140 trillion soʻmi mahalladagi kichik va oʻrta loyihalar uchun berilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring