Bor-yoʻgʻi 3 ta savol: Alsgeymer kasalligini erta aniqlash usuli ishlab chiqildi

17:21 15 Dekabr 2024 Dunyo
313 0

Yaponiyalik olimlar alsgeymer kasalligini erta bosqichda aniqlashning oddiy usulini ishlab chiqdilar. Buning uchun odam faqat uchta savol berishi kerak. Tadqiqot Keyo universiteti va Sayseki tibbiyot markazi jamoasi tomonidan oʻtkazildi.

Olimlar quyidagi savollarni shakllantirishdi: “Hozir sizni biror narsa bezovta qilyaptimi? Biror narsa sizga quvonch keltiradimi? Oxirgi uch oyda qaysi yangilik eʼtiboringizni tortdi?”. Sinovlarda alsgeymer kasalligiga chalingan 108 nafar bemor va 37 nafar sogʻlom odam ishtirok etdi.

Mualliflar birinchi savolga salbiy javob va ikkinchisiga haddan tashqari batafsil javob ogohlantirish belgisi, degan xulosaga kelishdi. Uchinchi savolga, kasallikka chalingan odamlar koʻproq salbiy javob berishadi yoki juda uzoq vaqt oldin sodir boʻlgan voqeani aytishadi. Ehtiyot boʻlishning yana bir sababi, odam oʻzi javob bera olmasligi va yordam uchun boshqalarga murojaat qilishidir.

Tadqiqot ushbu javoblarni bergan odamlarda beta-amiloid oqsillari darajasi taxminan uch baravar yuqori ekanligini tasdiqladi. Ushbu oqsillarning toʻplanishi alsgeymer kasalligi rivojlanishining umumiy qabul qilingan belgilaridan biridir.

Maʼlumot uchun, alsgeymer kasalligini davolab boʻlmaydi, ammo erta aniqlansa, uning rivojlanishini toʻxtatish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер