"Navoiyni oʻqi, oʻqi Bedilni, ilmsiz boy boʻlgan emas hech inson"
Boqibegʻamga
Shukur qilolmasang, zavqlanolmasang,
Dunyoga ne uchun kelgansan axir?!
Bir sen emas, qara, tamomi banda
Hayoti goh shirin,gohida taxir...
Havas qilolmasang, shavqlanolmasang,
Gʻururingga ne deb berasan javob?
Maqsading yoʻq esa-ahvoli tangsan,
Birovlar qoʻlini aylarsan tavof.
Ilming yetishmasa, boʻlmasa kasbing,
El-ulus ne foyda topadi sendan?
Gado boʻlmagan-ku nasabing, nasling,
Nega tekinxoʻrsan tugʻilgan kundan?
Shogirding boʻlmasa, boʻlmasang ibrat,
Nomingni aytgil, kim tilga oladi?
Unutma, insondan dunyoda faqat
Ezgu ish, shogirdu farzand qoladi.
Dunyo oʻzgarmoqda, sen-oʻsha-oʻsha,
Bir qara evrilgan olam yuziga:
Shaharga aylandi qishlogʻu goʻsha,
Mehnatdan rizq topar odam oʻziga.
Qirgʻoqda oʻtirib dilni ovutma,
Hayot daryosiga urgil oʻzingni.
Gʻaflat mudrogʻidan halovat kutma,
Hayrat qamashtirsin mayli, koʻzingni.
Navoiyni oʻqi, oʻqi Bedilni,
Ilmsiz boy boʻlgan emas hech inson.
Axir Ulugʻbek ham shohligidanmas,
Ilmidan samoga qoʻygan-ku narvon.
Rizqing zamindadir, osmonda emas,
Yangi Oʻzbekiston — nasiba koni.
Olam yurtimizga qilmoqda havas,
Tillarda hurmatda hur Vatan nomi.
Sarbonga ishongan karvon qudratli,
Karvonga suyangan sarbon shavkatli.
Boshqacha boʻlishi mumkinmas, chunki
Bunday el ulugʻvor boʻlishga haqli.
Farmon TOSHEV
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring