Bolgariya Rossiya neftini import qilishni toʻxtatdi
Illyustrativ foto
Bolgariya Rossiya neftini sotib olishni rasman toʻxtatdi. Bu haqda “Novinite” agentligi xabar bermoqda.
“Shu yilning 1-martdan boshlab qaror kuchga kirdi, unga koʻra Bolgariya yoqilgʻi ishlab chiqarish uchun Rossiya neftidan foydalanish va import qilishni rasman toʻxtatdi”, — deyiladi manbada.
Avvaliga mamlakat yil oxirigacha Rossiya neftidan foydalanishi rejalashtirilgan edi, biroq Bolgariya parlamentariylari “davom etayotgan geosiyosiy keskinliklar fonida Rossiyani moliyalashdan” qochishga urinib, bu muddatni qisqartirishga qaror qilishdi.
2022-yilda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning rahbarlari Moskva tomonidan sotiladigan “qora oltin”ga nisbatan qisman neft embargosini joriy etish boʻyicha kelishuvga erishgandi. Shu bilan birga, Bolgariyaga istisno tariqasida 2024-yilning oxirigacha dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftini qayta ishlashga ruxsat berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring