Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
10-iyun kuni Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Prezidentimiz oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.
Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan soʻng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring