Bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati yoʻlga qoʻyiladi
Bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, BMTning bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining Monitoring va baholash boʻlimi rahbari Janar Sagimbayeva hamda Bola huquqlarini monitoring qilish boʻyicha mutaxassis Zokir Nazarov oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi. Unda bolaning qonuniy vakillari va bolalarning toʻgʻridan toʻgʻri Vakilga murojaat qilish imkoniyatini yaratish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha tavsiyalar berish maqsadida “Ishonch telefonlari”ni ishga tushirish masalasi muhokama etildi.
Muloqotda ishonch telefonlarini joriy etish orqali Davlat rahbarining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan, Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyatini takomillashtirish, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash boʻyicha vazifalarni bajarishda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Loyihaga koʻra, “Ishonch telefonlari” orqali 12 soat davomida murakkab turmush sharoitiga tushib qolgan bolalardan murojaatlar qabul qilish hamda ularni oʻz huquqlariga oid ishonchli, aniq axborotlar bilan taʼminlash belgilanmoqda.
Onlayn muloqotda, murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislarni tanlash va malakasini oshirish, shuningdek, bolalar Call-markazini ishga tushirilishi bilan bogʻliq boshqa tashkiliy va texnik masalalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring