Bolalar uchun efir reklamadan holi, jozibali va faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlishi kerak — A.Qodirov
Ushbu masala haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Manfaat harakatlantiruvchi kuchdir” Adam Smit.
Manfaat faqat moddiy boʻlmaydi. Agar farzandingizni kitob oʻqishga majbur qilayotgan boʻlsangiz siz bundan manfaatdorsiz, chunki hayotingizni kuchdan qolgan, qarilik qismini qanday oʻtishi, pulingiz qancha koʻp boʻlmasin, farzandingizni tafakkuri va tarbiyalanganlik darajasiga bogʻliq. Yaʼni, uyni toʻridasiz yoki qariyalar uyida...
Albatta, uyning bir chekkasidagi xonada, foyda keltirmaydigan tashvishdek, qariyalar kanali reklamalari va kunlarni sanab oʻtirishingiz ham mumkin.
Tarbiya yo hayot yo mamotdir, pul emas!
Pedagoglar bong uradi, 10 yoshgacha boʻlgan davr ong osti shakllanadigan muhim davrdir.
Bu davrda bola zaif axborotdan jiddiy xulosalar qiladi va qanoatga aylantirib, ong ostiga joylashtiradi.
Dunyoqarash ong ostidagi qanoatlardan iboratdir. Shu sababli, dunyoqarashni oʻzgartirish juda qiyin. Hamma narsani daromad va buromadda koʻradigan inson ong ostida qadriyat va maʼrifatning grammlarda oʻlchovini topish mumkin...
Bu davrda shakllangan xato qanoatlarni reklamadan koʻrilgan daromadni yuz karrasini sarflab ham tuzata olmaysiz.
Masalan, bugun jamiyatni yolgʻon soʻz yoki birovning haqi qanchalar qoʻrqitmoqda? Bundan iqtisodiyot koʻrayotgan zarar miqdorini oʻlchash mumkinmi? Bu kechagi tarbiyaning natijasi emasmi?
Bolalar uchun efir reklamadan holi, jozibali va faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlishi kerak. Agar shu taqiqdan tadbirkor zarar koʻrsa, marhamat, byudjet subsidiyalari haqida oʻylash mumkin.
Farzandlarni bugun toʻgʻri tarbiya qilsak, ertaga, kuchliroq jamiyat, parlament va hukumatga ega boʻlamiz" deb yozadi deputat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring