Boku shahrida oʻtkazilgan XIII Xalqaro mugʻom festivalida oʻzbekistonliklar sovrindor boʻldi
Joriy yilning 16-23-may kunlar Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida XIII Xalqaro mugʻom festivali boʻlib oʻtdi.
Mazkur festivalda Oʻzbekiston Respublikasidan Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi, Buxoro viloyatining maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Romitan tumanidagi 12-son bolalar musiqa va sanʼat maktabining 16 yoshgacha boʻlgan 6 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.
Festival yakunlariga koʻra, oʻnga yaqin davlatlar orasidan 6 nafar ishtirokchidan bir nafari R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʻquvchisi Umarjon Akmalov 1-oʻrinni, ikki nafar Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchisi Madina Karimjonova hamda R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʻquvchisi Sardor Narzullayevlar 2-oʻrinni, shuningdek, bir nafar Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchisi Ogʻabek Axtamov faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Shu bilan birga, festivalning “Eng yosh mugʻom ijrochisi” sifatida R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi oʻquvchisi Umarjon Akmalov eʼtirof etildi.
Boku shahrida XIII Xalqaro mugʻom festivalida ishtirok etgan yosh mugʻomchilarni muvaffaqiyatli ishtiroki bilan Madaniyat va turizm vazirligi muborakbod etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring