Bokschi qizlarimiz rekord darajadagi davlatlar qatnashadigan JCHga yoʻl olishdi
2022-yil 9-may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati boshlanadi. Bugun musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz aʼzolari Turkiyaga yoʻl olishdi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, bu yilgi dunyo birinchiligida ayollar boksida rekord darajada 93 ta davlatdan 419 nafar bokschi roʻyxatdan oʻtgan.
Unda yosh toifasi ham chegaralangan boʻlib, 1981-2002-yillarda tugʻilgan xotin-qizlar gʻoliblik uchun ringga koʻtarilishadi.
Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
— -48 kg: Marjona Savriyeva;
— -50 kg: Aziza Yoqubova;
— -52 kg: Tursunoy Rahimova;
— -54 kg: Nozima Bulturova;
— -57 kg: Setora Turdibekova;
— -60 kg: Mohinabonu Abdullayeva;
— -66 kg: Navbahor Hamidova;
— -70 kg: Xadichabonu Abdullayeva;
— -75 kg: Mavluda Mavlonova;
— +81 kg: Mohira Abdullayeva.
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov. Murabbiylar: Ziyaviddin Tayganbayev, Toʻlqin Turgʻunov, Islom Tojiboyev, Sharif Narzikulov, Sahida Yoqubova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring