Boks JCH: Hasanboy Doʻstmatov ilk janggida qozogʻistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi

22:49 26 Oktyabr 2021 Sport
1376 0

Foto: Oʻzbekiston boks federatsiyasi

Belgradda boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida 51 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 1/16 final bosqichida oʻzbekistonlik Hasanboy Doʻsmatov qozogʻistonlik bokschi Saken Bibisinovga qarshi ringga koʻtarildi.

Ushbu jang yakunida hakamlar bir ovozdan Bibosinovning gʻalaba qozonganini eʼlon qildi. Shu tariqa jahon chempionati gʻolibligiga asosiy daʼvogar sanalgan hamyurtimiz Hasanboy Doʻstmatov musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Oldinroq - 80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov keyingi bosqichga chiqqani maʼlum boʻlgan edi. Uning raqibi Yusuf Changalavey (Tanzaniya) jangda ishtirok etmagan.

Kecha oʻzbekistonlik bokschilardan Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (- 67 kg) irlandiyalik Brendan Makkivini magʻlubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yoʻl olgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?