Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi va gʻoliblar avtomobil bilan taqdirlanadi

16:14 01 Yanvar 2026 Jamiyat
126 0

Hukumat qarori (843-son, 30.12.2025-y.) bilan “Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga koʻra, Festival 2026-yildan har 2-yilda 1 marotaba, qoida tariqasida, may oyida oʻtkaziladi.

Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar Festival oʻtkaziladigan yilning 1-fevraligacha tashkilotchilarga quyidagilarni topshiradi:

  • maʼlumotnoma (rezyume);
  • 3 dona 6x9 oʻlchamdagi rangli fotosurat;
  • tasviriy sanʼat sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, oʻz davlatida yoki boshqa chet elda oʻtkazilgan sohaga oid festivallar va koʻrgazmalarda ishtirok etganligi toʻgʻrisida guvohnoma, diplom, sertifikat nusxalari;
  • nomzodning oʻzi ijod qilgan tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi ijodiy asarlarining 10 donadan kam boʻlmagan sifatli fotosuratlari va ularni yaratish jarayonlari aks ettirilgan videodisk.

Tashkiliy qoʻmita Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreligacha Festivalda ishtirok etuvchilarning roʻyxatini aniqlab, ishtirokchilarga maʼlum qiladi.

Festival quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • “Gran-pri”;
  • “Eng yaxshi rangtasvirchi rassom”;
  • “Eng yaxshi haykaltarosh”;
  • “Eng yaxshi fotorassom”;
  • “Eng yaxshi grafik rassom”.

Festival gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil), diplom, Festival ramziy haykalchasi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер