BMT Isroilni qora roʻyxatga kiritdi

19:52 07 Iyun 2024 Dunyo
817 0

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish Isroilni urush hududlarida bolalarga yetkazilgan zarar uchun qora roʻyxatga kiritdi. Ushbu roʻyxatga ISHID, "Al-Qoida" va "Boko Haram" kabi guruhlar kiradi.

Maʼlumotlarga koʻra, Isroil Guterrishni bu harakatdan qaytarish boʻyicha bir qancha muzokaralar olib borgan boʻlsada muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Tel-Avivning “13-kanal” nashri qarorni bekor qilishga qaratilgan urinishlar ijobiy yakun topmaganini maʼlum qildi.

Isroil BMT Xavfsizlik Kengashi aʼzolariga tarqatiladigan qora roʻyxatdan oʻrin oladi va ushbu ish boʻyicha muhokama 26-iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ushbu siyosiy taqiq mamlakatning obroʻsiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Chunki BMT organlari, jumladan, Bosh Assambleya, Xavfsizlik kengashi, Xalqaro sud va Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan ham tilga olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер