“Biz uni egallashimiz kerak”. Tramp yana Grenlandiya masalasini koʻtardi

16:49 23 Dekabr 2025 Dunyo
590 0

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyaga nisbatan daʼvolar mavzusiga yana qaytdi. U Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida jurnalistlar bilan muloqot chogʻida AQSh uchun Grenlandiya strategik ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

“Bizga Grenlandiya milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan kerak. (…) Biz uni egallashimiz shart”, deydi Tramp.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, u AQSh xavfsizligini Grenlandiya sohillari yaqinida harakatlanayotgan Rossiya va Xitoy kemalari bilan bogʻliq ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishni maqsad qilgan.

Bu bayonotlarga javoban, avvalroq Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen qoʻshma bayonot bilan chiqib, oʻz pozitsiyalarini qatʼiy ekanini bildirgan edi.

“Boshqa bir davlatni shunchaki anneksiya qilib boʻlmaydi. (…) Grenlandiya grenlandiyaliklarga tegishli”, deyiladi mazkur bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер